«inson huquqlari» tegli maqolalar


Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT
28 sentabr 2023, 08:38

Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari ritorikasi genotsidga da’vatga o‘xshaydi — BMT

Rossiya ommaviy axborot vositalarining Ukrainadagi urush haqidagi ritorikasini genotsidga chorlash deb hisoblash mumkin, deya ta’kidladi BMT komissiyasi. Rossiya armiyasining harbiy jinoyatlari, jumladan, fuqarolik infratuzilmasiga hujumlari va qiynoqlarga yo‘l qo‘yganiga oid ko‘plab dalillar ham to‘plandi.

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi
1 avgust 2023, 17:48

AQSh “Tolibon”ni inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirdi

AQSh “Tolibon” harakatini “inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashishiga olib keluvchi siyosatini, ayniqsa, ayollarga nisbatan qayta ko‘rib chiqishga” chaqirdi. “Tolibon”, o‘z navbatida, Afg‘oniston Markaziy bankining muzlatilgan aktivlarini qaytarishni so‘radi.

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
31 may 2023, 12:20

1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

Tadbirkorlar kunu tun savdo qilishiga ruxsat beriladi, endi chaqaloqlarning guvohnomalari FHDYOdan emas, balki tug‘ruqxonani o‘zidan olinadi, “To‘maris izdoshlari” guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, qishda talafot ko‘rgan tadbirkorlarga berilgan kredit ta’tillari tugaydi — 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili
20 aprel 2023, 16:28

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili

YeIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Eymon Gilmor O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, adliya, ichki ishlar vazirlari va bosh prokuror, shuningdek, mamlakat prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz” undan tashrif maqsadi va O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini qanday baholashini so‘radi.

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi
8 fevral 2023, 14:27

OTMlarning o‘quv dasturiga inson huquqlari bo‘yicha kurslar kiritiladi

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab professional va oliy ta’lim tizimida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv va maxsus kurslar joriy etiladi.

BMT Afg‘oniston hukumatini ayollarga nisbatan zulm o‘tkazish siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda
16 iyun 2022, 18:27

BMT Afg‘oniston hukumatini ayollarga nisbatan zulm o‘tkazish siyosatidan voz kechishga chaqirmoqda

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Afg‘oniston muvaqqat hukumati tomonidan ayollar huquqlarining cheklanishini «ayollarga nisbatan institutsional tizimli zulm» deb atadi. Shu bilan birga, mamlakatdagi gumanitar inqiroz fonida aholining 93 foizi to‘yib ovqatlanmaydi, deya ma’lum qildi BMT.

Afg‘onistonda ayollarga hijob o‘rash shart etib belgilandi
10 may 2022, 18:21

Afg‘onistonda ayollarga hijob o‘rash shart etib belgilandi

Afg‘onistonning Tolibon hukumati ayollardan jamoat joylarida hijob o‘rab yurishni talab qilmoqda. Mazkur tartibga bo‘ysunmagan ayollar davlat ishlaridan bo‘shatiladi. 2001 yilgacha toliblar hukmronligi davrida ham hijob majburiy edi.

«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International
5 aprel 2022, 16:22

«Inson huquqlari uchun mas’uliyatni zimmaga olish kerak» — Amnesty International

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi yaxshilanishlar bilan bir qatorda, so‘z erkinligi, uyushmalar va tinch yig‘ilishlar erkinligiga nisbatan cheklovlar saqlanib qolmoqda, deyiladi Amnesty International hisobotida. Dunyoda so‘z, vijdon erkinligi, yig‘ilish erkinligi va boshqa erkinliklarga nisbatan tazyiq kuchaymoqda, deya ta’kidladi inson huquqlari tashkiloti.

Qiynoq qurbonlariga tovon to‘lash taklif qilindi
29 dekabr 2021, 20:25

Qiynoq qurbonlariga tovon to‘lash taklif qilindi

Deputatlar qiynoqlardan jabrlanganlarga tovon puli to‘lashni nazarda tutuvchi Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz rahbarining birinchi o‘rinbosari mazkur hujjat BMT Qo‘mitasi va maxsus ma’ruzachisi tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, O‘zbekiston obro‘siga putur yetkazuvchi va uning manfaatlariga ta’sir etuvchi qiynoq holatlari, GSP+ bo‘yicha majburiyatlar hamda boshqa omillar tufayli qabul qilinishi zarur ekanligini ta’kidladi.

AQSh senatorlari Davlat departamenti va prezidentni O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi
7 dekabr 2021, 16:23 1

AQSh senatorlari Davlat departamenti va prezidentni O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi

AQSh senatorlar guruhi Oq uy va Davlat departamentini inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat sababli O‘zbekistonga bosim o‘tkazishga chaqirdi. Ularning fikricha, O‘zbekistondagi islohotlar sustlashgan, mamlakatda erkin so‘z huquqi cheklanmoqda. OAV faoliyatida ham muammolar kuzatilmoqda.

O‘zbekiston qamoqxonalari xodimlariga Nelson Mandela qoidalarini qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda
9 noyabr 2021, 23:18

O‘zbekiston qamoqxonalari xodimlariga Nelson Mandela qoidalarini qo‘llash bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun «Nelson Mandela qoidalarining asosiy tamoyillari» treningi o‘tkazilmoqda. Unda, jumladan, qamoqxonalarda qiynoqlarning oldini olish ko‘nikmalari ham o‘rgatiladi.

BMT davlat to‘ntarishi ishi bo‘yicha qamalgan sobiq diplomat Qodir Yusupovni himoya qilib chiqdi
17 iyun 2021, 18:15

BMT davlat to‘ntarishi ishi bo‘yicha qamalgan sobiq diplomat Qodir Yusupovni himoya qilib chiqdi

BMTning O‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhi O‘zbekistonni davlat to‘ntarishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qamalgan sobiq diplomat Qodir Yusupovni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi. Oltita inson huquqlari tashkiloti ham xuddi shu bayonot bilan chiqdi.

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi
22 fevral 2021, 15:32

Prezident BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida nutq so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida nutq so‘zladi. Uning nutqidan asosiylari: yaqin vaqt ichida parlament Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qiladi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘ladi, qiynoqlarning har qanday ko‘rinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston bu bo‘yicha maxsus ma’ruzachini taklif etishni ko‘zlamoqda, qolaversa, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar tashrifi ham kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi
20 fevral 2021, 17:16

Shavkat Mirziyoyev BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi. Shavkat Mirziyoyev mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.

O‘zbekiston ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo bo‘ldi
14 oktabr 2020, 09:31

O‘zbekiston ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston tarixda birinchi marotaba uch yil muddat mobaynida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zo 47 davlatdan biri sifatida faoliyat yuritadi.

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda
12 oktabr 2020, 13:59

Odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazlari ko‘payishi kutilmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish markazining 30 o‘rinlik hududiy bo‘linmalari tashkil etilishi kutilmoqda. Respublika reabilitatsiya markazi uchun ajratilgan o‘rinlar soni esa 50 taga oshiriladi.

O‘zbek imo-ishoralar tili paydo bo‘ladi (mi)?
24 sentabr 2020, 14:30

O‘zbek imo-ishoralar tili paydo bo‘ladi (mi)?

23 sentyabr — Xalqaro imo-ishoralar tili kuni. Imo-ishoralar tilining O‘zbekistondagi maqomi qanday va karlarning ma’lumot olish huquqlari qay darajada himoyalangan? Karlar huquqlari faoli Ma’mur Ahliddinov va «Gazeta.uz» kolumnisti Dilmurod Yusupov savollarga oydinlik kiritishga harakat qilishdi.

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev
12 avgust 2020, 15:30

«Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhim» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida pandemiya va boshqa muammolar sharoitida yoshlar ovoziga quloq tutish, ularning huquqlarini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda yoshlar ishtirokini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting